Aslida, davlatimiz rahbarining xalqaro sammitlar, uchrashuvlar, muloqotlarda aytayotgan barcha takliflari, fikrlari zamirida umuminsoniyat manfaatlariga xizmat qiluvchi daʼvat, tinchlik, barqarorlik, farovon hayot yoʻlidagi gʻoyalar mujassam. Bu soʻnggi yillarda yangi Oʻzbekiston yuritayotgan doʻstona tashqi siyosat samarasidir. Shu bois, galdagi sammitda ham Oʻzbekiston tomonidan bildirilgan tashabbuslar ishtirokchi davlatlar tomonidan faol qoʻllab-quvvatlandi.

TDT turkiy dunyo birdamligining institutsional ifodasi boʻlib, tari­xiy bosqichlar orqali rivojlandi. Tashkilot bugungi kunda umumiy ta­rix, til va madaniyat asosida hamji­hatlikni mustahkamlayotgan, minta­qaviy barqarorlik hamda taraqqiyotga xizmat qilayotgan nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi.

Har gal TDT sammiti xalqlar taraqqiyoti, tinchligi va farovonli­gi yoʻlida birlashishga intilishni namoyon etmoqda. Bu borada 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahridagi sammitda Oʻzbekiston tashabbusi bilan tarixiy hujjat — Turkiy dunyo xartiyasi qabul qilinishi qar­dosh davlatlar va xalqlar oʻrtasida rivojlanib borayotgan koʻp qirrali hamkorlikning yorqin ifodasi boʻldi.

Prezidentimizning Gabala sammitidagi nutqi, tashabbusla­ri keng jamoatchilikda doimgidek katta taassurot qoldirdi. Orzu-in­tilishlar sari dadil odimlashga, yanada jipslashishga sabab boʻldi. Negaki ushbu gʻoya va tashabbuslar nafaqat mamlakatimiz, balki aʼzo davlatlar, Markaziy Osiyo xalqlari uchun ham har tomonlama manfaat­li. Buning yorqin misoliga bugun barchamiz guvohmiz. Dunyoning eng yirik OAVlarida, ijtimoiy tar­moqlarda yangi Oʻzbekiston shijoa­ti xususida fikrlar yangramoqda. Jumladan, yangi Oʻzbekiston kuchli, strategik, markazlashgan va tarixiy haqiqatlarga tayangan holda Uchinchi Renessans poydevorini qurishga in­tilayotgan davlat ekanini Preziden­timiz sammitdagi nutqida oʻrtaga tashlagan tashabbuslari bilan yana bir karra tasdiqladi.

Mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari boʻyicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish maqsadida Sa­marqandda Turkiy davlatlar tashki­loti tashqi ishlar vazirlari va max­sus xizmatlari rahbarlari birinchi qoʻshma uchrashuvini oʻtkazish taklif etildi. Bu aʼzo davlatlarning dip­lomatik munosabatlarini yanada mus­tahkamlash va mavjud muammolarni bamaslahat, har tomonlama manfaat­li ravishda hal etish imkonini be­radi.

Strategik sheriklik, abadiy doʻst­lik va qardoshlik toʻgʻrisidagi shart­nomani tez fursatda qabul qilish qoʻl­lab-quvvatlandi. Shu maqsadda Turkiy davlatlar tashkilotini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi aytildi. Yangi Oʻz­bekistonning soʻnggi toʻqqiz yillik siyosatida yaxshi qoʻshnichilik va xalq­lar oʻrtasida doʻstlik munosabatlari eng asosiy oʻrin va ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu esa qardosh xalqlar oʻr­tasida oʻzaro tinchlikni barqarorlash­tirish, totuvlik va bagʻrikenglikka asoslangan munosabatlarni oʻrnatish hamda mustahkamlashga zamin yaratyap­ti. Shu jihatdan olganda, mazkur ta­shabbus yangi Oʻzbekiston bundan keyin ham ushbu yoʻnalishda qatʼiy siyosat yuritishini anglatadi.

Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik boʻyicha doimiy kengashi­ni tuzish va uning loyiha ofisini Toshkentda joylashtirish taklifi ham har tomonlama chuqur oʻylangan, nazariy va amaliy asoslarga ega. Bu asoslar nimalarda namoyon boʻladi? Avvalo, aytish kerakki, ushbu tashki­lot ishida Oʻzbekiston eng koʻp amaliy loyihalarni, tashabbuslarni ilgari suradi va uni amalga oshirishni taʼ­minlaydi. Bu har galgi sammit xulo­salarida maʼlum boʻlmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda ushbu tash­kilotning loyiha ofisi boʻlishi man­tiqan toʻgʻri.

Turkiy davlatlar sanoat alyansi, “Turkiy yashil yoʻlaklar” tizimi va “Yashil transformatsiya” konsorsiu­mini tashkil etish takliflarining ham oʻziga xos mohiyati bor. Yangi Oʻz­bekistonda “yashil iqtisodiyot”ga kat­ta eʼtibor qaratilmoqda. Bu jarayon shiddatli tus olgan. Qardosh davlat­lar manfaatlari birlashib, “Turkiy yashil yoʻlaklar” tizimi va “Yashil transformatsiya” konsorsiumi tashkil etilishi bu boradagi ezgu maqsadlar roʻyobini jadallashtirib, taraqqiyot sari birgalikdagi yirik harakat yuza­ga keladi.

Organik qishloq xoʻjaligi boʻyi­cha ekspertlar guruhini tashkil etish va turkiy organik mahsulotlarning yagona brendini jahon bozoriga olib chiqish gʻoyasi oʻta muhim. Albatta, tashkilotga aʼzo davlatlarda milliy brend mahsulotlar mavjud va ular dunyo bozoriga bir davlat nomidan chiqyapti. Umumiy brend ostida ish­lab chiqariladigan mahsulotlar esa chegara va tranzit xizmatlari chegir­malari hamda qulay imtiyozlar qoʻl­lash natijasida jahon bozoriga ham sifatli, ham arzon narxlarda kirib boradi.

Prezidentimiz nutqida oʻrta yoʻ­lakni rivojlantirish va uni “Xi­toy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻli hamda Transafgʻon yoʻ­lagi loyihalari bilan bogʻlash mu­himligini taʼkidladi. Oʻzbekiston transport infratuzilmasi imkoniya­ti jihatidan mintaqada yetakchi va ilgʻor davlat. Mana shu imkoniyatni aʼzo davlatlar bilan, jumladan, eng kuchli iqtisodiyotlardan biri — Xi­toy hamda SHHT hamkorligida amalga oshirish maqsad qilingan.

Turkiy investitsiya jamgʻarmasi faoliyatini kengaytirish hamda xal­qaro va milliy moliya institutlari bilan hamkorlik dasturini qabul qilish zarurligi aytildi. Buning natijasida tashkilot manfaatlari doirasida yangi moliyaviy qoʻllab- quvvatlovchi institutlar vujudga keladi.

Sunʼiy intellekt va kreativ iq­tisodiyot boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish va Turkiy dunyo xalqaro koʻrgazmasini Oʻzbekistonda oʻtkazish gʻoyasi juda dolzarb. Biz axborot va sunʼiy intellekt insoniyat hayotiga jadal kirib kelayotgan davrda yashayap­miz. Bugun sunʼiy intellekt global tarmoq tarzidan ilgʻor harakatga ay­lanmoqda. Bu borada jamiyatlarga ijobiy taraqqiyot kirib kelish bilan birga axborot xuruji ham oʻsib bori­shi tayin. Shunday ekan, turkiy dav­latlarning umummanfaatiga xizmat qiluvchi kuchli kadrlarni tayyorlash, bilim va koʻnikmalarini birgalikda rivojlantirish muhim. Oʻzbekistonda qoʻshma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy dav­latlar xalqaro universiteti tashkil etilishi bunda qoʻl keladi, albatta.

2026-yilda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi — Turkiy dunyo maʼnaviy hayotida” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish ta­shabbusi ham ilgari surildi. Turkiy tilli davlatlar haqida soʻz yurit­ganda, albatta, Alisher Navoiy koʻz oldimizda gavdalanadi. Uning turk tili rivojidagi yuksak hissasini nafaqat turkiy xalqlar, balki dunyo yaxshi biladi. Bu tashabbus bugungi taʼlim dargohlarida turkiy dunyo ildizlarini bogʻlovchi ulugʻlar hayoti va ijodini chuqur oʻrganish, yoshlarni ajdodlariga munosib avlod boʻlib yetishishga undaydi.

Umuman olganda, Gabala sammi­tida ilgari surilgan tashabbuslar Turkiy davlatlar tashkiloti faoliya­tini yangi bosqichga olib chiqish, uni mintaqaviy emas, balki global miqyos­dagi nufuzli tuzilma sifatida shakl­lantirish imkonini beradi. Prezi­dentimiz tomonidan taklif etilgan yoʻnalishlar iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, transport va logis­tika salohiyatini oshirish, “yashil” energetika, sanoat kooperatsiyasi, xavfsizlik, taʼlim va maʼrifat soha­laridagi aniq loyihalar orqali oʻza­ro bogʻliqlik va taraqqiyot surʼatini mustahkamlaydi.

Tashkilot doirasida “bir ovoz, bir maqsad, bir kelajak” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bunday saʼy-harakatlar turkiy davlatlar­ning umumiy tarixiy va maʼnaviy merosiga tayanadi. Eng muhimi, bu ta­shabbuslar faqat bugungi muammolar­ni hal etishga emas, balki kelajak av­lodlar uchun barqaror, innovatsion va birlashgan turkiy dunyo barpo etishga qaratilgan.

Obidjon HAMIDOV,

Buxoro davlat universiteti rektori, professor