Yangi Oʻzbekiston Sizning biznes faoliyatingizda alohida yorqin iz qoldiradigan makon boʻlib xizmat qiladi, deb ishonaman — Shavkat Mirziyoyev

    Hukumat 27 Aprel 2023 1242

    “Sizlar oʻzingiz istagan tinchlik va barqarorlik, qulay investitsiya muhiti hamda zarur kafolatlarni aynan bizning yurtimizda topasiz. Bunga men Prezident sifatida kafolat beraman".

    Prezident Shavkat Mirziyoyev yalpi majlisdagi nutqini yakunlar ekan, Oʻzbekiston bugungi forum barcha uchun yangi-yangi imkoniyatlarni ochib berishiga, ishtirokchilar boʻlib oʻtadigan muloqotlar orqali Yangi Oʻzbekistondagi biznes uchun beqiyos imkoniyatlarni kashf qilishiga ishonch bildirdi.

    “Sizlar oʻzingiz istagan tinchlik va barqarorlik, qulay investitsiya muhiti hamda zarur kafolatlarni aynan bizning yurtimizda topasiz. Bunga men Prezident sifatida kafolat beraman.

    Yangi Oʻzbekiston Sizning biznes faoliyatingizda alohida yorqin iz qoldiradigan makon boʻlib xizmat qiladi, deb ishonaman”, - dedi davlatimiz rahbari va forum ishida oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishilishini tiladi.

    Ayni paytda yalpi sessiyada fikr almashish va muhokamalar davom etmoqda.