Quvonarli tomoni shundaki, mazkur Konstitutsiya oliy darajadagi qonun sifatida davlatimiz qiyofasini, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzumini, boshqaruvning demokratik prinsiplarini, jamiyat rivojlanishining strategik yoʻnalishlarini, fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlanganligini hamda maʼnaviy qadriyatlarimiz hayotiyligini mustahkamlab berdi. Jumladan, mamlakatimiz Konstitutsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining barcha asosiy gʻoya va qoidalarini oʻziga singdirgani bilan birga eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.

Bosh Qomusimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan, rivojlangan davlatlarning konstitutsiyaviy tajribasiga, milliy davlatchilik tariximizning boy qadriyatlariga asoslangani bilan ham qadrlidir. Jumladan, Asosiy qonunimizning 2-moddasida “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar” deb taʼkidlangan. Bu fuqarolarning huquq va manfaatlari ustunligini va ular konstitutsiyaviy darajada kafolatlanishini anglatadi. Ikkinchidan, bugun xalqimizda “Xalq davlat organlarigamas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladi” degan tamoyilning yoʻlga qoʻyilgani davlat va qonunlarga ishonch va hurmat uygʻotdi. Uchinchidan, Konstitutsiyaning II bobi “Xalq hokimiyatchiligi” ga bagʻishlangan boʻlib, 7-moddasida “.Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir.

Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʻzlab va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi” –deyilgan norma ham hayotda oʻzini namoyon etmoqda. Bugun yangi institut sifada “Xalq qabulxonalari”, “Virtual qabulxonalar”, “Ishonch telefonlari”, “Sayyor sudlar”, “Hokim va toʻrt sektor hamkorligida xalq dardu-tashqishi, muammolarini hal qilish” institutlari faoliyat yuritmoqda. Xalqning barcha muammolari oʻrganilib, qonuniy yechim topayotgani Konstitutsiyaning 13-moddasida belgilangandiyek, “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.

Albatta, bu huquq va erkinliklar shunchaki belgilangan boʻlibgina qolmay, u amalga oshayotganining isboti sifatida amalga oshirilayotgan insonparvarlik siyosatining tub mohiyati inson manfaati barcha narsadan ustunligiga qaratilganligidir.

Quvonarli tomoni, ilk bora Oʻzbekistonda yashovchi aholining haqiqiy turmush tarzi oʻrganildi va ana shu qatlamga alohida eʼtibor berildi. Bunda yangi temir daftar joriy etilib,ehtiyojmand qatlam xonadonma-xonadon yurib aniqlandi.Hatto sinovli yil boʻlib kelgan joriy yilda aholiga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari, pandemiya sharoitida hatto dori-darmon yetkazildi.

Xalqparvar va insonparvarlik siyosati pandemiya sharoitida xorijga mehnat qilishga ketgan fuqarolarimizni ham himoya qilgani ayni haqiqatdir. Respublikamizning barcha hududlarida zudlik bilan barpo etilgan shifoxona, tibbiyot maskanlari inson salomatligi yoʻlidagi oliy qadriyatdir. Bu haqda davlatimiz rahbarining “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga qoʻyilgan bahodir”, “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”, degan taʼkidlari hayotiy haqiqat boʻlib, Konstitutsiyaning 14-moddaning yaʼni davlat oʻz faoliyatini inson va jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiridir.

Shuningdek, uning mantiqiy davomi sifatida Bosh Qomusmizning 22-moddasiga koʻra, .Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham oʻz fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik koʻrsatishni kafolatlaydi. Konstitutsiyamizda demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi (13-modda), davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlashi (43-modda), har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi (44-modda) mustahkamlab qoʻyildi.

Mazkur normalarni tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik, Jinoyat protsessual kodekslari, “Sudlar toʻgʻrisida”, “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”, “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilingan. Mamlakatimizda inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, xususan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, shuningdek Adliya vazirligi tarkibida inson huquqlarini himoya qilishni taʼminlash boʻyicha maxsus tuzilmalar faoliyat koʻrsatmoqda. Asosiy qonunimiz davlat tilini oʻzbek tili deb belgilab, oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishi taʼminlanishi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi kafolatlaydi.

Bu esa fuqarolarning ahilligi, xalqimizga xos odamiylik, umuminsoniy qadriyatlarga ixlos kabi yaxshi sifatlar oʻz aksini topganligi, yurtimizga xos qardoshlik va doʻstlik anʼanalari, oʻzining boy va teran tarixiga ega boʻlmish xalqlarning oʻzaro totuvligining abadiy poydevori boʻlib xizmat qilmoqda. Shuningdek, 45-moddada voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi, 64-moddada esa, ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishni taʼminlashi, bolalarga bagʻishlangan xayriya faoliyatlarni ragʻbatlantirishi, shuningdek, 66-moddada voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʻz ota-onalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majbur ekanliklarini mustahkamlaydi.

Mazkur konstitutsiyaviy normalarni hayotga tatbiq etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi kabi bir qator qonunlar qabul qilingan.

Bunday eʼtiborda boʻlgan xalq uchun davlat ramzlari ham muqaddasidir. Jumladan, 1992-yil 10-dekabr “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga ham 28 yil toʻladi.

Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida taʼkidlangan.

Davlat madhiyasining muallifi Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov boʻlib, musiqasini Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy oʻtmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuygʻular tarannum etilgan.

Madhiya inson qalbida oʻz Vataniga muhabbat va sadoqat tuygʻusini yana-da kuchaytiradi.. Bu milliy madhiyamizda xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, orzu-oʻyi hamda -maqsadi mujassam.

Oʻzbekiston davlat madhiyasi yangraganda, “Serquyosh” soʻzi jaranglashi bilan butun vujudimizda gʻurur va iftixor tuygʻuchi mavj uradi. Shu uchun ham, yangilanayotgan Oʻzbekistonda xalqimizning maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Yaratilayotgan shart-sharoitlar,imkoniyatlar: jumladn, bu OTMning beshtasiga bilimini sinab koʻrgan yoshlar, mahlla tavsiyanomasi bilan grant asosida oʻqishga qabul qilingan yoshlar, Temurbeklar maktabi, Prezident maktablari, ijod maktablarida taʼlim olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy oʻzligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita boʻlib xizmat qilmoqda.

Shu bois ham, davlat ramzlari,ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi mustaqillikka eʼtiqodni targʻib qiladi. Uning matni fuqarolarimizni mustaqil davlat qurish yoʻlida matonat va jasoratga, sabr-toqat va fidokorlikka, tashabbuskorlik va kurashga chaqiradi, milliy gʻururni uygʻotadi. Madhiyamiz bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari, rasmiy davlat qabullari, ahamiyatli mitinglar, turli davlat boshliqlarini kutib olish va kuzatish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat suverenitetiga eʼtiqod va hurmatni rasmiy musiqa hamda matn bilan ifoda etadi.

Yurtimiz vakillari ishtirok etadigan xalqaro miqyosdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlar va sport musobaqalarida mazkur shukuhli tarona jaranglaganda qalblarimiz faxru iftixorga toʻladi.

Bunday madhiyani tinglaganda, kuylaganda beixtiyor eng joʻshqin, umidbaxsh tuygʻular junbushga keladi. Koʻz oldimizda ezgu niyatlari oʻziga esh xalqimiz, ona-Vatanimizning tarovati, boy tarixi, saodatli buguni va buyuk kelajagi namoyon boʻladi. ham vatanparvarlik fazilatini shakllantiruvchi, shu aziz yurtimizni jonu dildan sevishga undovchi muhim vositadir.

Davlat ramzlarini oʻzida mujassam etgan Konstitutsiyamizda yangilanayotgan Oʻzbekiston xalqining azaliy orzulari, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi. Davlat madhiyasining huquqiy maqomi maxsus qonun bilan mustahkamlanib, uning maqsadi davlat suverenitetiga boʻlgan eʼtiqodning rasmiyligini taʼminlash, davlat suverenitetining idrok qilinishi uchun matn va musiqa yordamida ifodalashdan iboratdir.

Yuksak vatanparvarlik tuygʻusini mujassam etgan madhiyamiz bugun taʼlim maskanlarida yosh avlodning Vatanga muhabbat ruhida kamol topishiga xizmat qilmoqda. Bolaligidan millatimizning bosh qoʻshigʻini yesh avlod kuylaganida beixtiyor sevinchdan hayajonga tushamiz. Zero, bu yangi Oʻzbekiston – yangi avlod va yangicha dunyoqarash bilan Vatanni ulugʻlagan qoʻshiq, insonni ulugʻlagan Konstitutsiyadir.. Yurtning eng mdhiyasini faxr ila har tong eʼzozlash, yod olish va baralla kuylash har bir yurtdoshimizning burchidir.

Firyuza Muxitdinova

Toshkent davlat yuridik universitetining professori