“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati axborot-tahliliy markazi tomonidan shunday xabar berilmoqda.

Mazkur poyezd Dushanbedan haftaning dushanba kunlari joʻnab ketadi va seshanba kunlari soat 13:43da Toshkentga yetib keladi.

Toshkentdan haftaning har seshanba kuni soat 16:15da joʻnab ketib, Dushanbega chorshanba kuni yetib boradi.

Maʼlumot uchun: Toshkentdan Dushanbegacha temir yoʻl orqali boʻlgan masofa 916 kilometrni tashkil etadi. Poyezd 21 soat davomida yoʻlda boʻladi.

“Dushanbe – Toshkent — Dushanbe” yoʻlovchi poyezdi 10 ta vagon — 4 kupe, 5 plaskart va vagon-restorandan iborat.

Chipta narxi sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda 381.476 soʻmdan boshlanadi.