Ushbu biologik preparat qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining hosildorligi va shoʻrlangan sharoitda tuproqlarning unumdorligini oshirishga, oʻsimliklarni kasalliklarga chidamliligini kuchaytirishga yordam beradi. Biopreparat qiyin eruvchan fosfatlarni mineralizatsiyalash, bir qator V vitaminlar va oʻsimliklar rivojlanishini kuchaytiruvchi fitogormonlarni sintez qilish xususiyatiga egadir.
Qishloq xoʻjaligi ekinlariga ushbu biopreparat bilan ishlov berish natijasida hosildorlik 5-10 s/ga oshadi, kimyoviy azotli oʻgʻitlarga boʻlgan talab 50 foizga kamayib, ekologik toza mahsulot yetishtiriladi.