Mazkur Markaz 2020-yilning dekabr oyida toʻliq qurib bitkazildi va joriy yilning yanvar oyida foydalanishga topshirildi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxonalarida yosh kadrlarga ham amaliy, ham nazariy bilim berish uchun tashkil etilgan ushbu yangicha innovatsion loyiha “Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi hududida joylashgan.

Markaz hududida 3ta temir yoʻl izlari mavjud boʻlib, ulardan biri yoʻl oʻtkazgichli. U yerda bir vaqtning oʻzida 50 nafar ishchi-xodimga mashgʻulot oʻtish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek Markazda, yosh mutaxassislarning bilim saviyasini oshirish va sohaga oid tushunchalarini hosil boʻlishi uchun, har bir xoʻjalikda ish jarayonlarida foydalaniladigan ish qurollari, texnika va qurilmalarning ehtiyot qismlari bilan jihozlangan, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.