Aytishicha, o'tgan yilning dekabr` oyida avtosalondan yangi "Tracker" yo'ltanlamas avtomashinasini xarid qilgan. Biroq oradan ko'p vaqt o'tmasidan avtoulov dvigatelida nosozlik mavjudligi ma'lum bo'lgan. Xaridor bu haqda avtosalon mutasaddilariga xabar berib, avtoulov dvigatelining yangisiga almashtirib berilishini so'raydi. Bunga javoban avtosalon xodimlari ayni paytda yangi dvigatel` yo'qligini, shuning uchun biroz kutish kerakligini aytadi.
Federatsiyaning Buxoro shahri jamiyati xodimlari holatni darhol o'rganib, nosoz dvigatelning avtosalon tomonidan yangisiga almashtirib berilishiga erishdi.

Amirxon AHMEDOV,
Federatsiya matbuot xizmati xodimi