Hujjat bilan Import bojxona bojlari stavkalariga (Prezidentning 29.06.2018-yildagi PQ-3818-son qaroriga 1-ilova) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Shunday qilib, 2022-yil 22-fevraldan boshlab Oʻzbekiston bojxona chegarasidan olib oʻtish vaqtida ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi transport vositalari uchun bojxona boji stavkasi ikki barobarga pasaytirildi. 2023-yil 1-yanvardan esa dvigatel hajmi (kub.sm) uchun hisoblanadigan bojxona bojining xos stavkasi xos stavkaning pasaytirilgan summasiga nisbatan 17-50%ga pasaytiriladi.

Boshqa barcha yangi transport vositalari uchun bojxona boji stavkalari oʻzgarishsiz qoldirilmoqda. Respublika bojxona chegarasidan olib oʻtish vaqtida ishlab chiqarilganiga 1 yildan 3 yilgacha boʻlgan transport vositalari shular jumlasiga kiradi.

Misol: Renault KWID MT5/0,8L (dvigatel hajmi – 800 kub.sm)ning oʻrtacha qiymati $7 000 miqdorida boʻlganda:

  • amaldagi boj stavkasida (30%+1,8 sm3) $3 540 ga teng boʻladi;
  • 2022-yil 22-fevraldan boshlab boj stavkasida (15%+0,8 sm3) $1 690 ga teng boʻladi;
  • 01.01.2023-yildan boshlab boj stavkasida (15%+0,4 sm3) $1 370 ga teng boʻladi.

Natijada, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlarni hisobga olgan holda Renault KWID MT5/0,8L avtomobilining qiymati taxminan:

  • amaldagi stavkada - $12 893;
  • 2022-yil 22-fevraldan - $10 765 (-16,5%);
  • 01.01.2023-yildan - $ 10 398 (-19,4%) ni tashkil qiladi.