Unda Chobahor porti orqali “Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston” transport yoʻlagini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralarda yaqin kelajakda 1 milliard dollarga yetadigan Oʻzbekiston va Hindiston savdo aylanmasining barqarorligini taʼminlaydigan yangi transport yoʻlagining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi. Mazkur yoʻlak, shuningdek, yaqin istiqbolda 3,2 milliard dollarni tashkil etishi mumkin boʻlgan Markaziy Osiyo va Hindiston mamlakatlari oʻrtasidagi oʻzaro savdo munosabatlari doirasida mahsulot yetkazib berishning uzluksizligini taʼminlashga ham qaratilgan, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.