Seljuk Bayraktar, Baykar tomonidan ishlab chiqilgan uchuvchisiz havo tizimlari hamda yaqin yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida gapirgan.

— Kelajakka nazar tashlasak, Bayraktar TB3 konsepsiyasini koʻrishimiz mumkin. Bu sunʼiy yoʻldosh boshqariladigan uchuvchisiz uchish apparati minglab kilometr masofani bosib oʻtadi. Biz Bayraktar TB2dan bir oz kattaroq va Akıncı uchuvchisiz uchish apparatidan kuchsizroq boʻlgan hujum dronlari haqida gapirayapmiz. Yangi uchish apparati uchish-qoʻnish yoʻlagi qisqa boʻlgan kemalarga qoʻna olish qobiliyati bilan ajralib turadi, bu dunyoda koʻp analoglarda uchramaydi”, - dedi Baykar texnik direktori.

"Bizning uchuvchisiz uchish appratlarimiz koʻpchilikni harbiy konsepsiyani qayta koʻrib chiqishga majbur qildi. Umid qilamizki, Bayraktar TB3 2022-yilda birinchi parvozini amalga oshiradi. 2023-yilga kelib biz uchuvchisiz mahalliy harbiy samolyot loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz”, - deya xulosa qilgan u.