Xatlov natijalariga koʻra Yangiyer shahridagi mavjud 41 183 nafar aholining 6 484 nafarini yoshlar tashkil etishi aniqlandi. Shakllantirilgan roʻyxat asosida Yangiyer shahridagi ishsiz yoshlar ishtirokida noanʼanaviy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tikuvchilik yoʻnalishida ishlashga qiziqish bildirgan 50 nafar ishsiz yoshlar shahardagi “Elegant Fiber Textile” fabrikasiga ishga qabul qilindi. Kelgusida ushbu korxonada ish oʻrinlari kengaytirilib yana shuncha yoshlarning bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Yangiyer shahrida 2020-yil birgina dekabr oyiining oʻzida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 80 nafar yoshlarning muammolari hal etildi. Shundan, 58 nafarining bandligi taʼminlangan boʻlsa, 8 nafariga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratildi, yana 14 nafari kasbga qayta tayyorlov kurslariga yoʻnaltirildi.

Sirdaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati