Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan Jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudi tashkil etiladi.

Yangihayot tumani:
➖ Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudi;
➖ Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi;
➖ Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining yurisdiksiya hududiga kiritiladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Sirgʻali, Mirzo Ulugʻbek tuman (Toshkent shahri) hamda Kattaqoʻrgʻon shahar (Samarqand viloyati) sudlarining bittadan sudya va bittadan sudya yordamchisi shtat birliklari Jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudiga oʻtkazilishi belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning tegishli qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etilgan.