Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qilishicha, 22-avgust kuni soat 13:29 da Toshkent shahar FVBga Yangihayot tumani “Chortoq” MFY, Rayhon koʻchasida joylashgan qogʻozni qayta ishlash sexi hududida ochiq maydonda qogʻoz chiqindilari va quruq oʻt yongani haqida xabar kelib tushgan.

Maʼlumotga koʻra, mazkur yongʻin “Tashkent Indeks” bozori hududida sodir boʻlmagan.

Yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 13:33 da yetib borib, 13:52 da yongʻinni nazoratga olgan hamda 14:16 da toʻliq oʻchirgan.

Hodisani bartaraf etish uchun Toshkent shahar FVBdan 8 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.