Unda Oʻzbekiston sharafini milliy terma jamoa aʼzosi, tajribali Yanina Kuskova himoya qildi.
Quvonchlisi, hamyurtimiz mazkur dasturda eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalga ega chiqdi.
- Yanina Kuskova — 42:50.566 (Oʻzbekiston)
- Safiya Al Sayeh — 43:50.463 (BAA)
- Tsuyaka Uchino — 44:03.610 (Yaponiya).
Bu terma jamoalarimizning Osiyo chempionati-2025 doirasidagi uchinchi medaliga aylandi.
Taʼkidlash joiz, 3-yillik tariximizda ilk bor milliy terma jamoa aʼzolari ketma ket 3 ta oltin medalga ega chiqishdi. Oʻzbekiston velosport terma jamoasi ayni damda medallar jamgʻarish reytingida 1- oʻrinni egallab turibdi.