Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich 2026-yilning yanvarida javobgarlikka tortilganlar soni boʻlib, ularning har biri 41 200 soʻm jarima toʻlagan.
Har bir yoʻlovchining oʻz vaqtida va belgilangan tartibda yoʻlkira toʻlashi – avtobuslar muntazamligi, xizmat sifati va qulaylikni taʼminlashga xizmat qiladi.
“Toshkent shahar yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan avtobuslarda yoʻl haqini toʻlamasdan harakatlanayotgan yoʻlovchilarga qarshi kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda.
2026-yilning yanvar oyi mobaynida avtobuslarda chiptasiz yurgan yoʻlovchilarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismiga asosan 11 502 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimalar qoʻllanilgan.