“Shimoliy Koreyaning harakatlari, jumladan, raketalarni qayta-qayta uchirishi mamlakatimiz, mintaqa va jahon hamjamiyatining tinchligi va xavfsizligiga tahdid soladi. Balistik raketalarning uchirilishi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzish hisoblanadi va mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy muammo tug'diradi. Yaponiyaning Pekindagi elchixonasi orqali keskin norozilik bildirildi”, dedi Xayasi.

Yaponiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, soat 08.24 da Shimoliy Koreya ballistik raketani uchirdi. Raketaning parvozi 73 daqiqa davom etgan va Yaponiyaning shimoliy Xokkaydo oroli yaqinidagi iqtisodiy zonasidan o'tib qulagan. Parvoz balandligi 6 ming kilometrdan oshdi, masofa 1000 kilometrni tashkil etdi, deb xabar beradi ria.ru.