Unda oliy taʼlim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Oʼzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi va Toshkent davlat texnika universitetini rivojlantirish uchun Yaponiya tomonidan moddiy-texnik yordam koʼrsatish bilan bogʼliq masalalar muhokama qilindi.
"Suhbat davomida Vanessa Ozaka xonim Oʼzbekistonda soʼnggi yillarda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy taʼlim muassasalari soni jadal koʼpayib borayotgani va taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy oʼzgarishlarni yuqori baholadi", deyiladi vazirlik xabarida.
Oʼzbekiston tomoni taʼlim muassasalarida oʼquv jarayonini tashkil etish boʼyicha hamkorlik va ilgʼor tajriba almashishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun bu kabi toʼgʼridan-toʼgʼri uchrashuvlar muhim ahamiyat tutishini taʼkidladi.