Bu haqda 11-dekabr kuni Yomiuri Shimbun gazetasi xabar berdi.
Kisida boshchiligidagi Liberal-demokratik partiya hozirda parlamentda ko'pchilikni tashkil qiladi. Mojaro partiya fraksiyalari tomonidan mablag' yig'ish majlislarida olingan mablag'larning yashirilishi yuzasidan o'tkazilgan tekshiruvdan kelib chiqqan. Ular to'g'ri sarflanmagan, natijada bir nechta siyosatchilar o'z manfaatlari uchun katta miqdorda pul olishgan.
Ishda hukumat bosh kotibi Xirokadzu Matsuno, Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yasutosi Nisimura va Liberal-demokratik partiya yuqori rahbariyati vakillari ishtirok etgan. Kisida 13-dekabr kuni hukumat tarkibini o'zgartirishi va to'rt vazirni ishdan bo'shatishi kutilmoqda, deb xabar beradi iz.ru.