G'arbiy prefekturalarda kuchli shamol ta'sirida 24 kishi jabrlandi.
Yaponiyada 800 dan ortiq aviareyslar bekor qilindi, tezyurar poyezdlar harakatini to'xtatdi.
G'arbiy prefekturalarda, jumladan Kioto va Osakada 500 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilinadigan bo'ldi. Noqulay ob-havo mintaqadagi ko'plab sport va madaniy tadbirlar, jumladan, o'rta maktablarda beysbol bo'yicha chempionat va konsertlarning bekor qilinishiga olib keldi.
Hozir to'fon Vakayama prefekturasi orqali Yaponiya dengizi tomon harakatlanmoqda. Bu hududda shamolning tezligi soniyasiga 38 metrga etadi. Sinoptiklarning bashorat qilishicha, Yaponiyaning g'arbiy mintaqasida kuniga 500 mmgacha yomg'ir yog'ishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.