Yaponiya hukumati pandemiya sabab aholiga yana 100 ming yenadan tarqatmoqchi.

Hozirda ushbu masala yuzasidan mamlakat siyosiy partiyalari oʻrtasida turli bahs-munozaralar boshlangan.

Moddiy yordam obyekti etib quyidagilardan birini tanlash taklif etilmoqda:

- 18 yoshdan kichik boʻlgan barcha yoshlar;

- faqat koʻp farzandli oilalar;

- yillik daromadi belgilangan normadan kam boʻlganlar.

Xullas, yil oxirigacha moddiy yordam ajratilishi aniq, faqat kontingentni belgilab olish qoldi, xolos.

Bunday qarorlar har tomonlama oʻylangan holda, aholi oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazib qabul qilinadi.