Yaponiyada oʻquv qoʻllanma muqovasi “Sherdor” madrasasi surati bilan bezatildi

    Ta'lim 13 Mart 2023 1522

    Yaponiya umumtaʼlim maktablariga moʻljallangan “Jahon tarixi” fani oʻquv qoʻllanmasining muqovasi “Sherdor” madrasasi surati bilan bezatildi.

    Yaponiya umumtaʼlim maktablari oʻquvchilariga (9-12 sinflar uchun) moʻljallangan “Jahon tarixi” fani oʻquv qoʻllanmasining muqovasi Samarqandning jahonga mashhur “Registon” maydonida joylashgan “Sherdor” madrasasi surati bilan bezatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

    Ushbu oʻquv qoʻllanma Yaponiyaning yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” noshirlik-uyi tomonidan chop etildi. Joriy yilning aprel oyidan boshlanadigan yangi oʻquv yilida undan tarix fanidan qoʻllanma sifatida foydalanilishi rejalashtirilgan.