Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyihadan maqsad mamlakatimizga Yaponiyadan sayyohlar oqimini oshirish, tarixiy shaharlarimizning turizm salohiyatini keng targʻib qilishdan iborat.
15 soniya davom etadigan videoroliklar ertalab soat 6.00 dan soat 24.00 gacha koʻrsatiladi. “Oʻzbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi” mavzusida tayyorlangan ushbu lavhalarda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarimizning tarixi va qadimiy binolari haqidagi muhim maʼlumotlar Yaponiya poytaxti aholisi va mehmonlari eʼtiboriga taqdim qilinmoqda.
Ushbu namoyish, shubhasiz, Yaponiya jamoatchiligi oʻrtasida mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini keng targʻib etishga xizmat qiladi.
Shibuya - nafaqat Tokiodagi, balki dunyodagi eng gavjum piyodalar oʻtish chorrahasi hisoblanadi. Bu yerdan bir vaqtning oʻzida 3 mingdan ortiq aholi oʻtadi. Dam olish kunlari esa chorrahadan salkam 2,5 million kishi foydalanadi.