Hujum mahalliy vaqt bilan 20:00 atrofida Keio yoʼnalishida, Shinjuku tomon harakatlanayotgan poezd Chokudagi Kokuryo bekatida boʼlganida sodir etilgan.
Yoʼlovchilarga hujum qilgan erkak vagonga oʼt qoʼygan.
Kyodo agentligi maʼlumotlariga koʼra, hodisa oqibatida 15 kishi jarohatlangan. 1 nafari ogʼir ahvolda. Vagon shikastlangan.
Jumladan, "Mintaqaga yuborilgan xavfsizlik kuchlari 24 yoshli hujumchini qoʼlga olgan, oʼt oʼchiruvchilar vagondagi yongʼinni bartaraf etgan", deyiladi CNNTurk.com xabarida.