Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Bosh kotibi Katsunobu Kato Tokiodagi matbuot anjumanida maʼlum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Taʼkidlanishicha, yolgʻiz aholining muammolari uchun masʼul vazir lavozimi Yaponiya hukumatida birinchi marta joriy etilgan.

“Ushbu tayinlovdan maqsad tugʻilish darajasi pastligi bois jamiyatning qarishi tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarni hal qilishdan iboratdir. Bunga, avvalambor, ayollar va yoshlar orasidagi oʻz joniga qasd qilish muammosi kiradi”, — dedi Kato.

Yolgʻiz aholining muammolari, Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibining soʻzlariga koʻra, mamlakatda pandemiya paytida yana-da ortgan. 2020-yilda Yaponiyada oʻz joniga qasd qilishlar soni 11 yil ichida birinchi marta oʻsib, 20 919 kishini tashkil etgan.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, epidemiya davrida ishning yetishmasligi va bolalar parvarishi hamda uy ishlarining yana-da ogʻirlashganligi stress darajasini oshirgan.

Avvalroq, shpris yetishmasligi sababli millionlab yaponiyaliklarning COVID-19ʻga qarshi vaksinasiz qolishi maʼlum qilingandi.