Yaponiyada asosiy muammo biri – yosh mehnat kuchi yetishmasligidir.

Nagasaki prefekturasidagi chekka orollardan biri – Goto orolida ham yoshlar soni kam, bori ham maktabni tugatgach, oliygohlarda oʼqish uchun markaziy hududlarga koʼchib ketishar ekan.

Shu sababli, Goto oroli administratsiyasi vьetnamlik talabalarni imtiyozli ravishda yapon maktablarida oʼqishga faol chorlamoqda. Yapon tili maktablari qurib berilmoqda, oʼquvchilar uchun turli stipendiyalar ajratilmoqda.

Nima uchun Vetnam?

Sababi Nagasaki universiteti va Vetnamning Danang shahri oʼrtasida oʼzaro hamkorlik mavjud. Shu yoʼsinda, oʼqishga kelgan vьetnamliklar boʼsh vaqtda turli ishlarga jalb qilinib, orolning ishchi kuchi yetishmasligi muammosini hal etishga koʼmaklashmoqda.

Xullas, yildan-yilga qariyalar soni ortib borayotgan Yaponiya uchun yaqin kelajakdagi eng katta muammo - inson resursi yetishmasligi boʼlishi mumkin.