Yaponiyadagi yapon tili maktablarining aksariyati xususiy boʼlib, ularning asosiy maqsadi tadbirkorlik - foyda olishga qaratilgan.
Jumladan, Yaponiyaning ayrim hududlarida hokimliklar tashabbusi bilan ham yapon tili maktablari tashkil etilgan. Ularning birinchisi 2015 yilda Xokkaydo prefekturasi Xigasikava shahridagi yapon tili maktabi hisoblanadi.
Bunday maktablarni ochishdan koʼzlangan asosiy maqsad aholi, ayniqsa yoshlar soni kamayib borayotgan hududlarga chet ellik talabalarni faol jalb qilish orqali hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini harakatga keltirishdir.
Xigasikava shahar meriyasi hududdagi yapon tili maktablariga oʼzbekistonlik talabalarni qabul qilish boʼyicha kelishuvga erishibdi.