Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur bot orqali mintaqa davlatlarida boʻlib turgan OʻZbekiston fuqarolari:

  • konsullik masalalari boʻyicha murojaat yoʻllash;
  • oʻz joylashuvi va holati haqida maʼlumot qoldirish;
  • zarur holatlarda tezkor yordam soʻrash imkoniyatlari yaratilgan.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu bot orqali murojaat qoldirishda aniq va toʻliq maʼlumot taqdim etishga chaqiramiz. Bu diplomatik vakolatxonalarimizga fuqarolarimizga tezkor yordam koʻrsatish imkonini beradi.

Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xorijdagi fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada boʻlib, ularning xavfsizligi va huquqlarini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrishda davom etmoqda.