Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur shtab Yaqin Sharq mamlakatlarida yuz berayotgan noxush holatlar sababli xorijda boʻlib turgan hamda Vatanga qaytishda muammolarga duch kelayotgan fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatishga xizmat qiladi.
Muammoga duch kelgan fuqarolar shtabning (61) 222-27-27 telefon raqami hamda @nukusshtab Telegram manzili orqali murojaat qilishlari mumkinligi eslatib oʻtildi.