Tadqiqot natijalari Phytomedicine Plus jurnalida eʼlon qilindi.
Choy tarkibidagi epigallokatexin gallati (EGCG) virusli infeksiyalarga qarshi foydasi allaqachon maʼlum boʻlgan va soʻnggi yillarda tibbiyotda unga qiziqish ortib bormoqda.
Tadqiqotchilar EGCG SARS-CoV-2 ning in vitro modellarida (tirik organizmdan tashqari) virusga qarshi yuqori faollikka ega, degan xulosaga kelishdi.
Biroq sof birikma past biologik mavjudlik xususiyatlariga ega, chunki u ichaklarda yomon soʻriladi va jigarda yuqori darajada qayta ishlanadi. Bu esa hozirda terapevtik foydalanishda maʼlum cheklovlar yaratadi.
Epigallokatexin gallati soʻlak bezlaridagi virusli yukni kamaytiradigan ogʻiz va tomoqni chayish vositalari va boshqa dori vositalari foydalanilishi kutilmoqda, deiladi lenta.ru saytida.