Ushbu loyiha doirasida Surxodaryo viloyatidagi Termiz shahri va barcha tuman, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbar va xodimlari, aholi vakillari, ta'lim muassasalari jamoalari tomonidan hududlarda ko'chat ekish ishlari boshlab yuborilgan.

Jumladan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo'lim boshqaruvi hamda tuman bo'linmalari xodimlari ham bu ezgu tashabbusda faollik ko'rsatishmoqda.

Ta'kidlash kerakki, fond bo'limlari tomonidan shu kungacha jami 500 tup ko'chatlar ekildi.  Ayniqsa, boshqarma tashabbusi bilan viloyatning eng chekka xududlaridan biri bo'lgan Uzun tumanining Shirin mahallasidagi qarovsiz maydon chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirilgani, bu yerga 75 tup manzarali va 50 tup mevali daraxt ko'chatlari ekilgani e'tiborlidir.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatdagi 721 ta mahallalarning bo'sh turgan maydonlarida ko'chat ekilib, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

Surxondaryo viloyat bo'lim boshqaruvi