Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda Yashnobod tumani “I.» MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.P. va boshqalar fuqaro A.Sh.ga 3 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 300 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida fuqarolar S.G. va X.K.ning xonadonidan 229 dona “Zardeks” , 47 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda 15 dona oq rangli kukunsimon, toʻq jigar rangli moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.