Yashnoboddagi Ohangaron shohkoʻchasida transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatildi

    Transport 4 Iyul 2025 643

    Maʼlumotlarga koʻra, ushbu cheklov 10-iyulgacha amal qiladi.

    Qayd etilishicha, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 03-iyul kunidan boshlab Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh koʻchasida transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatiladi.

    Taʼkidlanishicha, THAY—Ohangaron shohkoʻchalari aylanma harakatidan Ohangaron shohkoʻchasi boʻylab Sharq YPX maskanigacha boʻlgan qismi avtomashinalar harakati uchun yopilmoqda.

    Haydovchilarga muqobil yoʻnalishlardan foydalanib, Xusayn Boyqaro, Parkent yoʻli, Xonobodtepa, Shoximardon koʻchalaridan harakatlanishlari tavsiya etiladi.