Shu jumladan, “Sudlarto‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalarigaqo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritisho‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagiko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yoxud qonungamuvofiq boshqa tilda olib boriladi, deb belgilandi.
Shunigdek, makur qonunga asosan, sud ishlariyuritilayotgan tilni bilmaydigan ishda ishtirok etuvchishaxslarga tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘latanishish, sud harakatlarida ishtirok etish huquqi vasudda ona tilida yoki ular biladigan boshqa tildaso‘zlash huquqi ta’minlanishi qonunchilikdamustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi ko‘p millatli xalqhisoblanib, yurtimizda turli tilda so‘zlashuvchi insonlaristiqomat qilishadi va sud orqali o‘z huquqlarinihimoya qilish huquqidan foydalanadilar. Bu esa o‘znavbatida ularning huquqlari sudda adolatli va xolisko‘rib chiqilishida tarjimonlarning o‘rni beqiyosekanligini ko‘rsatadi. Qonunchilik tili esa, alohidatayyorgarlikni talab qilib, unda qo‘llaniladiganterminlarni tushunish maxsus yuridik ta’limga egabo‘lmaganlar uchun qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy. Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, bugungikunda sudda tarjimonlik xizmatini ko‘rsata oladiganhuquqshunoslarni tayyorlash, ularning malakasinioshirish har qachongidan dolzarb bo‘lib bormoqda.
Yevropa Ittifoqi Adolat sudi tajribasigayuzlanadigan bo‘lsak, ma’lumki, Yevropa Ittifoqio‘zida Yevropaning 27 davlatini qamrab olgan siyosiyva iqtisodiy birlashma bo‘lib, har birining davlat tiliturlichadir. Yevropa Ittifoqining adolat sudi 1952-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Yevropa Ittifoqiqonunchiligining bir xilda qo‘llanilishi va talqinqilinishini ta’minlash vazifasini bajaradi.
Sud ko‘p tilli muassasa sifatida faoliyat yuritib, turli tildagi hujjatlarini tarjima qilish uchunhuquqshunos tilshunoslarni ishga oladi.
Tashkilotga asos solinganidan buyon suddagitarjimon xizmati faqatgina huquqshunoslar tomonidanamalga oshirib kelinadi. Deyarli barcha hujjatlaryuridik xususiyatga ega bo‘lgani sababli mazkurtashkilot aynan huquqshunoslarni tarjimon sifatidaishga oladi va sud ushbu kelishuvni doimiy saqlabqolishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Sud huquqshunos tarjimonlarni sudning o‘zi, protsess ishtirokchilari hamda milliy sudyalar o‘rtasidaasosiy bog‘lovchi vosita sifatida ko‘radi. Ya’ni, sudqarorlari oxir-oqibatda Yevropa Ittifoqining barchaa’zo davlatlari uchun majburiy bo‘lgani sababli, tilnuqtai nazaridan ular bilan o‘zaro bir-birini to‘g‘ritushunish muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Shuning uchun, sud barcha milliy huquq tizimlariningadvokatlarini ishga oladi, chunki ular o‘z xabarlarinimazkur toifadagi shaxslarga eng maqbul tarzdayetkazishlari mumkin.
Huquqshunos tarjimonlarning asosiy vazifasiyozma matnlarni tarjima qilish, qayta ko‘rib chiqishhamda xatolarni to‘g‘irlashdan iborat. Bundan tashqari, ular sud a’zolariga va ularning jamoalariga turlitillardagi hujjatlarni tushunish va tahlil qilish, xulosalarchiqarish, terminologik tadqiqotlar olib borish vahokazolarda yordam beradilar.
Tarjima yuklamasiga kelsak, uning qariyb 40% Adliya sudi va boshqa sud qarorlari, 25%i yetakchiadvokatlar fikrlari, 25% yozma arizalar va 10% boshqaturli hujjatlarning tarjimasiga toʻgʻri keladi.Shuningdek, odatda tarjimalarni qayta ko‘rib chiqishham ularning vakolatlari qatoriga kiritilgan. Qaytako‘rib chiqish muayyan ehtiyojlarga, ya’ni hujjatningahamiyati va tiliga, huquqshunos tilshunoslarning tilkompetensiyalariga va ish yukiga qarab amalgaoshiriladi.
Huquqshunos tarjimonlardan uzluksiz ravishdakasbiy malakalarini oshirish talab etilib, bu ikkitaasosiy ta’lim yo‘nalishiga, til va huquq, bo‘linadi. Tilkurslari uzoq vaqt talab qilgani uchun oldindanrejalashtiriladi. Mukammal tarjima qilish uchun zarurmalakaga erishish besh yil, baʼzi tillar uchun esa undanham koʻproq vaqt talab etishi mumkin. Til o‘rganishmajburiy emas, ammo huquqshunos tilshunoslartillarni o‘rganishga tabiiy ishtiyoq bildiradilar.
Allaqachon ikki tilni chuqur o‘zlashtirganhuquqshunoslar til kursida bog‘lovchi tillardan birinio‘zlashtiradilar. Sudda fransuz, ingliz, nemis, italyan, ispan va polyak tillari bog‘lovchi til bo‘lib hisoblanadi.
Shuningdek, huquqshunos tarjimonlarning o‘zona-tilidagi o‘zgarishlardan doimiy ravishda xabardorbo‘lishlari uchun o‘z tashabbuslariga ko‘ra ham treninglar tashkil etilishi mumkin.
Malaka oshirishning ikkinchi asosiy yo‘nalishihuquqiy ta’lim bo‘lib, turli til guruhlarining ehtiyojlariva ular mamlakati qonunchiligidagi o‘zgarishlargabog‘liq holda tashkil etiladi. Til bo‘limlaridagixodimlar bunday ehtiyojlar haqida ma’lumot beradi vashunga mos ravishda maqsadli o‘quv kurslari tashkilqilinadi. Masalan, agar biror aʼzo davlatda yangijinoyat kodeksi qabul qilingan boʻlsa, ushbukodeksdagi asosiy oʻzgarishlarni koʻrsatuvchitaqdimotni oʻtkazish uchun oʻsha davlatdan eksperttaklif qilinadi. Malaka oshirishdagi asosiy e’tibormilliy qonunchilikka qaratilgan, chunki boshqadavlatda yashab ishlayotgan huquqshunos tilshunoslaruchun milliy qonunchilikdagi o‘zgarishlarni kuzatishva xabardor bo‘lish qiyin kechadi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi qonunlari ham malaka oshirishning birqismi bo‘lishi mumkin. Ammo, ularda konferensiyalaryoki seminarlarda ishtirok etish kabi ko‘plabimkoniyatlar mavjudligi sababli Yevropa Ittifoqihuquqiga oid bilim va kompetensiyasi ish joyidashakllanadi va bu bilimlarni yangilash osonroqkechadi.
Ushbu ikkita asosiy yo‘nalishga qo‘shimcharavishda, malaka oshirish texnologik kompetensiya vayumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham qaratiladi. Texnologik kompetensiya birinchi navbatda yangiqabul qilinganlar uchun kasbiy tayyorgarlikning birqismi sifatida ko‘riladi va keyinchalik muntazamravishda yangilab boriladi. Texnologiyalar, ish muhitiyoki ish usullarida muhim o‘zgarishlar yuz berganda, barcha til guruhlari uchun o‘quv kurslari tashkilqilinadi.
Bunday shunday xulosa qilishimiz mumkinki, huquqshunoslarni sudda tarjimonlik faoliyatiga jalbqilish, bu maqsadda ularning kasbiy tayyorgarligi vamalaka oshirishini takomillashtirish, sudda adolat vahuquq ustuvorligini ta’minlashdagi muhim qadambo‘la oladi.
To‘ychiyeva Malika ,
Toshkent davlat yuridik universiteti
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi
organlar va advokatura kafedrasi o‘qituvchisi









