Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabariga koʻra, ushbu xabar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar YHXB Ekspluatatsiya-montaj boʻlimi dispetcherlik xizmatining 71 294 29 82 telefon raqami fuqarolarga ishlamayotgan svetoforlar, oʻchib ketgan (notoʻgʻri chizilgan) yoʻl chiziqlari, toʻsilib qolgan (notoʻgʻri oʻrnatilgan) yoʻl belgilari singari yoʻldagi kamchiliklarga duch kelgan taqdirda murojaat qilishlari uchun joriy etilgan.
"Ijtimoiy tarmoqlardagi jurnalist va blogerlar shuningdek, telegram kanal adminlaridan asoslantirilmagan yolgʻon xabarlar bilan tarmoq foydalanuvchilarini chalgʻitmasliklarini soʻraymiz", deyiladi xabarda.