Unda senatorlar, Qoʻmitaning ekspertlar guruhi aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Majlisda Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida muhokama qilinadigan masalalar dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.
Xususan, majlisda 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida Qoʻmitaning yoʻnalishlari bilan bogʻliq tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan yirik loyihalar va ishlar haqida batafsil maʼlumot taqdim etdi.
Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi, deb xabar beradi Oliy majlis Senati matbuot xizmati.