Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi ushbu holatni oʻrganib chiqqanini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, haqiqatan ham “HUMO AIR” MCHJ tomonidan 2024-yilda 284 ta avia reyslar bekor qilingani va aviachipta xarid qilgan yoʻlovchilar pullarini qaytarib ololmagan.

Bu bilan aviakompaniya Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19 va 21-moddalari talablari buzilganligi aniqlandi.

Qoʻmita olib borgan oʻrganishlar natijasida “HUMO AIR” MCHJga bugungi kungacha isteʼmolchilardan kelib tushgan 3000 nafar murojaatlar ulardan 2000 nafar yoʻlovchining murojaati qanoatlantirildi va aviachipta uchun toʻlagan 1 mlrd 500 mln soʻm mablagʻ isteʼmolchilarga qaytarilishi taʼminlandi.

Shuningdek, 6 nafar isteʼmolchining talabiga koʻra, aviakompaniya oʻz hisobidan boshqa aviakompaniyadan 7 mln 498 ming 758 soʻmga chiptalarni xarid qilib topshirdi. Aviakomapaniya tomonidan parvozi amalga oshmagan qolgan yoʻlovchilarga ham pulni qaytarish choralari koʻrilmoqda.

Raqobat qoʻmitasi foydalanilmagan aviachiptalar uchun isteʼmolchilarga toʻlaqonli toʻlovlarni qaytarish boʻyicha nazorat oʻrnatilganligini maʼlum qiladi.