Tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2,4 million soʻmni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 92,3% jismoniy shaxslar, 7,7% — yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Oʻtgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 206,7 million soʻmni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 30% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 33,5% – ikkinchi, 19,3% – uchinchi, 5,9% – toʻrtinchi, 5,4% –beshinchi va 5,9% – oltinchi toifa avtoraqamlarga toʻgʻri kelgan.
Hududlar kesimida eng koʻp avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (45,2%) Fargʻona (8,2%), Samarqand (8,1%) va Namangan (6,0%) viloyatlarida xarid qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyundagi 350-sonli qarori bilan joriy yilda auksion savdolari orqali qoʻshimcha 271 ta juft avtoraqamlar ham sotilishi belgilandi. Mazkur qaror kuchga kirishi bilan joriy yilda onlayn-auksionlar orqali har oyda sotiladigan avtoraqamlarning oʻrtacha soni 2 700 dan 14 000 gacha oshgan.
Shuningdek, auksion ishtirokchilari uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilda “Avtoraqam” mobil ilovasi yangi koʻrinishda ishga tushirildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublika Tovar xomashyo birjasi matbuot xizmati
Eslatib oʻtamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablagʻlarning 80 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.