Viloyat hokimlariga yil yakunigacha 14 ming, kelgusi yili 29 ming gektar sanoatlashgan intensiv mevali bogʻ va tokzorlarni barpo etish topshirildi.
Bundan tashqari, Qoʻrgʻontepada 300 gektar, Fargʻona tumanida 200, Pop, Yangiqoʻrgʻon va Ohangaron tumanlarida 100 gektardan sanoatlashgan intensiv bogʻ va tokzorlar tayyor holda tadbirkorlarga berilishi belgilandi.
Texnik jihatdan tartibga solish va Oʻsimliklar karantini agentliklariga eksportga yuborishda har bir meva-sabzavot turi boʻyicha alohida texnik standartlarni ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.