Mazkur markaz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Qiziltepa tuman hokimligining sayʼ-harakatlari bilan tashkil etildi.
Mazkur markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari J.Maksudov, Qiziltepa tumani hokimi Sh.Nabiyev, tuman yoshlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
“Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi”ning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun qariyb 500 mln.soʻm mablagʻ sarflanib, zarur texnologik vositalar, optik tolali aloqa liniyasi orqali yuqori tezlikdagi internet xizmati hamda ushbu markaz Wi-Fi hududi bilan taʼminlangan.
Shuningdek, ushbu markazda yoshlar uchun kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi va dizayn, robototexnika, veb dizayn asoslari, dasturlash tillari, veb va mobil ilovalarni yaratish kabi ixtisoslashgan oʻquv kurslari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish boʻyicha oʻz bilim, malakalarini oshirib boradilar.
Tashkil etilgan ushbu markazda yiliga 1000 nafardan ortiq yoshlarimizga axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlarida zamonaviy bilimlar beriladi.