Taʼkidlash joizki, ushbu siquv kompressor stansiyasining asosiy vazifasi Gazni seolit yordamida quritish qurilmasidan chiqqan gaz bosimini oshirib, propan butan aralashmasini ajratib olish qurilmasiga uzatishdan iborat.
Aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gazga boʻlgan talabini qondirish maqsadida stansiyaning gaz haydash agregatida taʼmirlash ishlarini tezkor ravishda oʻtkazish zaruriyati tugʻildi. Gaz haydash agregatiga oʻrnatilgan “295GS2-270/27,5-64M1” rusumli kompressorida taʼmirlash ishlari ishlab chiqaruvchi zavodning yoʻriqnomasi asosida amalga oshirildi.
Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish jarayonida kompressorning oldi va orqa qopqoqlari yechilib, tozalandi hamda kompressor qaytadan yigʻildi.
Aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gazga boʻlgan talabini qondirish maqsadida stansiyaning gaz haydash agregatida taʼmirlash ishlarini tezkor ravishda oʻtkazish zaruriyati tugʻildi. Gaz haydash agregatiga oʻrnatilgan “295GS2-270/27,5-64M1” rusumli kompressorida taʼmirlash ishlari ishlab chiqaruvchi zavodning yoʻriqnomasi asosida amalga oshirildi. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish jarayonida kompressorning oldi va orqa qopqoqlari yechilib, tozalandi hamda kompressor qaytadan yigʻildi.
Shu bilan birga ushbu agregatdagi barcha avtomatik asbob-uskunalar, klapan va sharli kranlari qayta koʻrib chiqib taʼmirlandi. Shuningdek taʼmirlash jarayonida bir qancha texnik jihatdan murakkab boʻlgan hisoblashlar oʻtkazilib, sozlash ishlari olib borildi.
Natijada gaz haydash agregatlarini uzluksiz, bir meʼyorda ishlashi hamda zahira gaz haydash agregati bilan taʼminlanishiga erishiladi.
Maʼlumot uchun: Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi “DKS-UPPBS” siquv kompressor stansiyasi Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududida joylashgan boʻlib, yiliga 10,8 mlrd kub metr tabiiy gazni haydab berish quvvatiga ega.
Stansiyaga 2012-yilda Ukraina davlatining “Sumskoye NPO” AJ va “KMPO” AJ zavodida ishlab chiqarilgan gaz haydash agregatlari oʻrnatilib, ishga tushirilgan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati