“Ishga marhamat” monomarkazi binosini zamon talablariga mos ravishda qurilish-taʼmirlash ishlari uchun 10,5 milliard soʻm ajratildi.
Markaz oʻz foliyatini iyul oyida boshlagan boʻlsa, hozirgi kungacha jami 392 nafar ishsiz fuqaroni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishga erishildi. Shundan 50 nafar fuqaro, shu jumladan, “temir daftar”ga kirtilgan ayollar va yoshlar “Servis va xizmat kursatish” yoʻnalishi boʻyicha “Oshpazlik va qandolat” taʼlim kursida 2 oy davomida oʻqish imkoniga ega boʻlishdi. Oʻzlari oʻrgangan kasb-hunar boʻyicha imtihon topshirib, monomarkazning tegishli sertifikatiga ega boʻlishdi.
Aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambagʻal va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini taʼminlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Markazda 19 ta kasb boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilgan boʻlib, yiliga 1,5 ming nafar fuqaroni oʻqitish rejalashtirilgan.
Minajatdin QUTLIMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri