Aniqlanishicha, fuqarolar N. A va B. B. lar moʻmay pul topish ilinjida yashirin yoʻllar orqali 196 turdagi dori va tibbiyot vositalarini olib oʻtishga urinishadi. Huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ularning noqonuniy qilmishlari fosh etiladi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan 550 mln. soʻmlik dori va tibbiyot vositalari tegishli tashkilotlar tomonidan yaroqsiz deb topiladi. Sudni xukmi bilan ayblanuvchilarga tegishli jazo tayinlandi.
Aynan sudni hukmida ashyoviy dalil sifatida olingan mahsulotlarni yoʻq qilish belgilangan edi. Kuni kecha oʻtkazilgan tadbirda dori vositalari va tibbiyot buyumlar yoʻq qilindi. Amalda ijro hujjati yakunlandi.
MIB Namangan viloyati boshqarmasi