баннер
1 Apr 2025
11:59

    Yirtqich qushning noqonuniy savdosi toʻxtatildi

    Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ovchi qush noqonuniy sotilayotganligi aniqlandi.

    Qayd etilishicha, boshqarma xodimlari holatga chek qoʻyish maqsadida fuqaro bilan “xaridor“ sifatida bogʻlanib, qushni sotib olishga kelishadi. Belgilangan joyda Sh.M. kelishilgan pulni sanab olib, xodimlarga qushni berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Qush vaziyatga toʻliq oydinlik kiritilgunga qadar Shahrisabz shahridagi hayvonot bogʻiga vaqtincha topshirildi.

    Shuningdek, qushning turiga aniqlik kiritish uchun hujjatlar Fanlar akademiyasiga yuborildi. Fanlar akademiyasining xulosasiga asosan zarar miqdori belgilanadi va huquqbuzarga tegishli chora koʻriladi.

    Maʼlumot uchun, avvalroq Toshkent shahri va Fargʻona viloyatida ham qushlarning noqonuniy savdosiga chek qoʻyilgandi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech