Qaror bilan quyidagi yangiliklar joriy etilishi kutilyapti.

Hamma uchun ochiq boʻlgan “SHAFFOF YOʻL” onlayn axborot platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.

Platformada:

▫️ avtomobil yoʻllari qurilishi boʻyicha barcha davlat dasturlari va mahalliy dasturlar bir joyda jamlanadi;
▫️ qurilishi va taʼmirlanishi rejalashtirilgan yoʻllarning barchasi onlayn-xaritada yaqqol koʻrinib turadi, yaʼni taʼmirlanayotgan yoʻllar qandaydir “4K66” kabi tushunarsiz raqamlar bilan emas, balki shahar va koʻcha nomigacha ushbu platformadan va mobil telefondan koʻrib turish mumkin boʻladi;
▫️shu xaritaning oʻzida qurilishi yoki taʼmirlashni amalga oshirayotgan tashkilot, sarflanayotgan mablagʻ, bajarilgan ishlarning ahvolini bevosita kuzatib borish imkoni paydo boʻladi;
▫️ yoʻl jamgʻarmalarining barcha tushumlari real vaqt rejimida Platformada “onlayn-hisoblagich”da koʻrinib turadi, yaʼni masalan avtomobilingizni roʻyxatdan oʻtkazganda yoʻl jamgʻarmasiga toʻlangan mablagʻ qayerga ketganligini shu zahoti bilib olsa boʻladi;
▫️aholiga yoʻllar nosozligi, harakatlanish uchun paydo boʻlgan muammolar haqida foto- va videomurojaatlar qoldirish imkoniyati yaratiladi.

Mazkur qaror loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

▫️ https://regulation.gov.uz/uz/d...

Muhokama 26-avgustga qadar davom etadi.