“Toshtemiryoʻlloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha koʻra, bu yerda 520 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan. Shuningdek, 45 ta sunʼiy inshoot (1 ta temir yoʻl koʻprigi) qurilgan.

Mavjud 53,2 kilometr temir yoʻllar taʼmirlanib, 10,2 kilometr masofada yangi poʻlat izlar yotqizilgan. Shuningdek, jami 7 ta avtomobil va temir yoʻl kesishmasini bunyod etilgan.