Yomg'irdan so'ng cho'kib, tag qismi ochilib qolgan ko'p qavatli uy yuzasidan munosabat bildirildi

    Qayd etilishicha, videolavhadagi holat poytaxtimizning Shayxontohur tumani Gulobod ko'chasi 234-uy manzilida qurilayotgan ko'p qavatli binoda yuzaga kelgan.

    Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, videolavhadagi holat poytaxtimizning Shayxontohur tumani Gulobod koʻchasi 234-uy manzilida qurilayotgan koʻp qavatli binoda yuzaga kelgan. Ushbu turar joy majmuasi “Roaf Art House” MCHJ tomonidan bunyod etilmoqda.

    Mazkur obyektda qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanmagan. Bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi ham rasmiylashtirilmagan.

    Binoning "otmostka" qismidagi qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanmagani bois, yomgʻir oqova suvlari binoning poydevor qismini himoya qilib turuvchi zichlashtirilgan tuproq ichiga tushgan va shu sababli ayrim joylarida "otmostka"ning choʻkish holatlari yuzaga kelgan.

    Hozirda ushbu kamchiliklar quruvchi tashkilot tomonidan bartaraf etilmoqda. Shuningdek, hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari mazkur qurilish obyektida qurilish-montaj ishlari sifati ustidan nazorat ishlarini olib bormoqda.