Mobil ilova qulayligi shundaki, u oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlab chiqilgan boʻlib, undan turli tillarda foydalanish mumkin.

Ilova quyidagi boʻlimlardan iborat:

1. Yongʻin;

2. Texnogen xususiyatlik favqulodda vaziyatlar;

3. Tabiiy xususiyatlik favqulodda vaziyatlar;

4. Ekologik xususiyatlik favqulodda vaziyatlar.

Har bir boʻlimda yongʻin va favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda aholining qanday harakat qilishi sodda va aniq grafiklar yordamida tushuntirilgan. Shuningdek, kundalik turmushda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish koʻnikmalari aks etgan.

Ilova korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish bilan band boʻlgan, taʼlim muassasalarida, xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi aholi xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan dastur muallifi Kamolov Lazizjonga muhofaza hujjati - DGU 10151 raqamli guvohnoma berildi.