Fondning Respublika boshqaruvi tomonidan T.Salomovga bir martalik moddiy yordam ajratilib, plastik kartasiga oʻtkazib berildi. Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi tashabbusi bilan Samarqand shahar 4-sektor bilan hamkorlikda T.Salomovning xonadonini taʼmirlash maqsadida homiylik asosida qurilish mollari olib berildi.

– Homiylik qilgan barcha tashkilot va saxovatpesha insonlarga, qolaversa, “Mahalla” xayriya jamoat fondining begʻaraz yordami hamda koʻrsatgan savobli ishlari uchun oʻz minnatdorligimni bildiraman, - deydi T.Salomov. – Hozirgi kunda uyimning tom qismini taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

Nodir Alimov

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

Samarqand viloyat boʻlimi boshqaruvi matbuot xizmati.