баннер
29 Mar 2025
22:00

    Yonhap: Janubiy Koreyada o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 15 nafarga yetdi

    Kyonsan-Pukto viloyatida 12 kishi, Kyonsan-Namdo viloyatida esa yana 3 kishi halok bo'ldi.

    Janubiy Koreyadagi o'rmon yong'inlari oqibatida kamida 15 kishi halok bo'ldi. Bu haqda rasmiy shaxslarga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

    Ularga ko'ra, Kyonsan-Pukto viloyatidagi yong'inda 12 kishi, Kyonsan-Namdo viloyatida yana 3 kishi halok bo'lgan.

    Avvalroq to'rt kishining hayotdan ko'z yumgani haqida xabar berilgan edi.

    Mamlakat janubi-sharqidagi o'rmon yong'inlari 21-mart kuni boshlangan. Janubiy Koreya hukumati uchta hudud: Ulsan shahri, Kyonsan-Pukto va Kyonsan-Namdo viloyatlarida tabiiy ofat holatini e'lon qildi. 3 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Yong'in sodir bo'lgan hududlarda temir yo'l va avtomobil harakati cheklandi. Yong'in, shuningdek, Kounsa qadimiy buddistlar ibodatxonasi majmuasini, milliy darajada madaniy meros obyektlari ro'yxatiga kiritilgan ba'zi binolarni ham vayron qildi, deb xabar beradi tass.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech