Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol 2024-yil dekabr oyidagi isyon ishi bo'yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Hukm 19-fevral kuni Seul markaziy okrug sudi tomonidan chiqarilgan, deb xabar berdi Yonhap.
Jinoyat kodeksining ushbu moddasiga ko'ra, faqat o'lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi ko'zda tutilgan. Garchi Janubiy Koreyada 1997-yildan beri qatl etishga moratoriy amal qilib kelayotgan bo'lsa-da, prokurorlar sobiq prezident uchun o'lim jazosini so'rashgandi.
Sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon ham 2024-yil dekabr oyidagi isyon ishi bo'yicha hukm qilingan. Unga 30 yillik qamoq jazosi tayinlangan.
Yun Sok Yol hozirda sakkizta sud jarayonida ishtirok etmoqda, ulardan to'rttasi harbiy holat joriy etish bilan bog'liq. Boshqa bir ishda – 2025-yil yanvar oyida prezident gvardiyasi va huquqni muhofaza qilish organlari o'rtasidagi qarama-qarshilik tufayli hibsga olishga to'sqinlik qilgani uchun u shu yilning yanvar oyida besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Yun Sok Yol 2024-yil dekabr oyida konstitutsiyani buzgan holda harbiy holat joriy etish orqali isyon uyushtirishda ayblangan. Xususan, tergovchilar uning “siyosiy raqiblarini yo'q qilishga” uringaniga ishonishgan. 2025-yil aprel oyida Konstitutsiyaviy sud harbiy holat konstitutsiyaga zid deb qaror chiqardi va shu asosda Yun Sok Yol hokimiyatdan chetlashtirildi, deb xabar berdi tass.ru.